antiplagiat-edu.uz

Ommaviy oferta

Oxirgi yangilanish: 2026-yil oktyabr

1.Shartnoma predmeti

Ushbu hujjat «OXUS IT ACADEMY» MChJ (keyingi o'rinlarda — «Ijrochi») tomonidan antiplagiat-edu.uz platformasi orqali ko'rsatiladigan xizmatlardan foydalanish bo'yicha ommaviy oferta hisoblanadi. Xizmat uchun to'lovni amalga oshirish ofertani qabul qilish (aksept) hisoblanadi.

2.Xizmatlar tarkibi

  1. 2.1.Yuklangan matn/hujjatni ochiq manbalar, xalqaro ilmiy bazalar va ichki korpus bo'yicha o'xshashlikka tekshirish;
  2. 2.2.Matnning sun'iy intellekt (AI) tomonidan yozilganlik ehtimolini baholash (ixtiyoriy — foydalanuvchi tekshiruv boshida tanlaydi; tanlanmasa natija sertifikatda ko'rsatilmaydi);
  3. 2.3.Natijalar bo'yicha batafsil PDF hisobot va QR kod orqali tasdiqlanadigan sertifikat taqdim etish;
  4. 2.4.Universitetlar uchun korporativ kabinet va kvota asosidagi xizmat (alohida shartnoma bo'yicha).

3.Narxlar va to'lov

  1. 3.1.Talabalar uchun tekshiruv paketlari: 45 betgacha — 37 000 so'm, 46–80 bet — 47 000 so'm, 81–111 bet — 57 000 so'm. 1 bet = 1 800 belgi (bo'shliqlar bilan). Paket hujjat hajmiga qarab tanlanadi; hujjat paket hajmidan katta bo'lsa tekshiruv o'tkazilmaydi;
  2. 3.2.Har bir paket BITTA hujjatni 3 marta tekshirish huquqini beradi: birinchi tekshiruv va undan keyingi 30 kun ichida shu hujjatning tahrirlangan versiyalarini 2 marta qayta tekshirish. Boshqa hujjat uchun paket ishlatilmaydi; hujjat bir xilligi matn o'xshashligi bo'yicha avtomatik aniqlanadi. Ishlatilmagan qayta tekshiruvlar 30 kundan keyin bekor bo'ladi;
  3. 3.3.Boshqa tariflar (ustozlar, tashkilotlar) saytning «Narxlar» bo'limida ko'rsatiladi;
  4. 3.4.To'lov Payme to'lov tizimi orqali yoki bank kartasiga o'tkazma bilan amalga oshiriladi;
  5. 3.5.To'lov tasdiqlangach, tekshiruv krediti darhol faollashtiriladi;
  6. 3.6.Har bir foydalanuvchiga bir marta bepul sinov tekshiruvi beriladi: hujjatning 1 000 so'zi tekshiriladi. Sinov natijasi rasmiy hujjat yoki sertifikat emas, QR orqali tasdiqlanmaydi va o'quv yurtiga topshirish uchun mo'ljallanmagan; sinovda AI-tahlil o'tkazilmaydi. Ijrochi bepul sinovni kunlik miqdor bilan cheklash yoki to'xtatish huquqiga ega.

4.Natijalarning maqomi

Tekshiruv natijasi — matn o'xshashligi va AI ehtimolini texnik baholash bo'lib, u yakuniy akademik qaror emas. Ishni qabul qilish yoki rad etish bo'yicha qaror ta'lim muassasasi vakolatiga kiradi. AI ehtimoli 60% dan past bo'lganda platforma «AI yozgan» degan hukm chiqarmaydi.

5.Qaytarish shartlari

  1. 5.1.Texnik nosozlik tufayli tekshiruv yakunlanmagan bo'lsa, kredit avtomatik qaytariladi yoki qayta tekshiruv imkoni beriladi;
  2. 5.2.Xizmat to'liq ko'rsatilgan (hisobot shakllangan) bo'lsa, to'lov qaytarilmaydi;
  3. 5.3.Munozarali holatlar qo'llab-quvvatlash xizmati orqali 3 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.

6.Tomonlarning javobgarligi

  1. 6.1.Foydalanuvchi yuklayotgan materialga nisbatan qonuniy huquqqa ega ekanligini kafolatlaydi;
  2. 6.2.Soxta to'lov cheki taqdim etish yoki tizimni aldashga urinish hisobni bloklashga olib keladi;
  3. 6.3.Ijrochi xizmatning uzluksiz ishlashi uchun barcha oqilona choralarni ko'radi, ammo uchinchi tomon manbalarining vaqtincha ishlamasligi uchun javobgar emas.

7.Rekvizitlar

Tashkilot nomi
«OXUS IT ACADEMY» MChJ
Yuridik manzil
Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Alisher Navoiy ko'chasi, 44/34-uy
STIR (INN)
309803418
Hisob raqami
20208000105561053001
Bank
Aloqa bank
MFO
00401

Qo'llab-quvvatlash: @antiplagiat_supportbot